Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi
Shifokorlar va olimlar guruhi chaqaloqdagi kam uchraydigan genetik kasallikni davolash uchun birinchi marta genni shaxsiylashtirilgan tahrirlash usulidan foydalandi.
Bu inqilobiy usul CRISPR texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, u inson DNKsiga aniq o‘zgarishlar kiritish imkonini beradi. Davolash natijalari The New England Journal of Medicine jurnalida e’lon qilindi.
Bemor Key Jyey ismli chaqaloq bo‘lib, u CPS1 fermenti yetishmovchiligi bilan tug‘ilgan, bu juda kam uchraydigan holat bo‘lib, organizm ammiakni to‘g‘ri qayta ishlay olmaydi. Ushbu patologiya miyaning jiddiy shikastlanishiga, rivojlanishning kechikishiga va hatto jigar transplantatsiyasi zaruratiga olib keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu tashxisga ega bo‘lgan bolalarning taxminan 50 foizi hayotining birinchi haftasida vafot etadi.
Ta’kidlanganidek, chaqaloqqa yordam berish uchun shifokorlar unga CRISPR asosida individual terapiya yaratdi. Bu usul DNKdagi mutatsiyalarni aniq tuzatish, kasallikning sababini bartaraf etish imkonini beradi. Ushbu davolash usuli ko‘p yillik tadqiqotlar va ko‘plab olimlarning ishi, shu jumladan CRISPR texnologiyasining kashfiyoti mahsulidir.
Mutaxassislarning fikricha, xuddi shunday yondashuv kelajakda o‘roqsimon-hujayrali anemiya, kistoz fibrozi, Gentington kasalligi va mushak distrofiyasi kabi boshqa irsiy kasalliklarni davolashda ham qo‘llanilishi mumkin. CRISPR asosidagi ba’zi dorilar ma’lum kasalliklarni davolash uchun FDA ruxsatini olgan, ammo olimlar bu sohada hali ko‘p narsalarni o‘rganishi kerak.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi
Jahon | 06:56
-
Navbatdagi hujumlar: har ikki tomonda o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 06:52
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
Mavzuga oid

18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi

16:25 / 21.05.2025
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

20:13 / 29.04.2025
Olimlar birinchi marta saraton kasalligini proton yoyi bilan davoladi

22:32 / 22.03.2025