Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
Bu mamlakatda bir oy ichida kuzatilayotgan ikkinchi yirik texnologik muammo hisoblanadi. Aprel oxirlarida Ispaniyada blekaut yuz bergandi.

Foto: El Pais
Ispaniyada mahalliy mobil operatorlar faoliyatida jiddiy uzilish kuzatildi, deb xabar beradi El Pais.
Qayd etilishicha, Madrid, Barselona, Valensiya, shuningdek, Andalusiya, Basklar mamlakati, Ekstremadura va Aragon kabi yirik shaharlarda mobil internet va aloqa ishlamay qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aloqa tizimidagi uzilishlar qator mobil operatorlarga egalik qiluvchi Telefonica telekommunikatsiya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan texnik modernizatsiya ishlariga bog‘liq. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, «tarmoqning yangilanishi ayrim servislar ishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin».
Uzilishlardan Movistar, Orange, Vodafone, Digimobil va O2 kabi operatorlar foydalanuvchilari jabr chekkan. Downdetector monitoring servisiga ko‘ra, nosozliklarga oid ilk xabarlar mahalliy vaqt bilan tungi soat 02:00 larda paydo bo‘lgan. Jami shikoyatlarning 72 foizi aloqa ishidagi uzilishlar, 18 foizi — signal yo‘qligi va 10 foizi — aloqa butunlay o‘chib qolgani bilan bog‘liq. Ispaniya Raqamli transformatsiya va davlat xizmatlari vazirligi «vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini» ma’lum qildi.
Bu Ispaniyada bir oy ichida kuzatilgan ikkinchi yirik texnologik muammo hisoblanadi. Aprel oxirlarida, Ispaniya, shuningdek, Portugaliya va Fransiya janubida istiqomat qiluvchi aholi bir necha soatda elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolgandi. Blekaut 50 millionga yaqin aholi yashaydigan hududlarni qamrab olib, zamonaviy Yevropa tarixida elektr energiyasi ta’minoti uzilishi bilan bog‘liq eng yirik hodisaga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

00:22
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

11:11 / 09.06.2025
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

15:00 / 05.06.2025