Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi
Apellyatsiya kengashi Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kollegial organ hisoblanadi.

Foto: Shutterstock
«Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan ma’muriy hujjatlarini sudgacha bo‘lgan bosqichda apellyatsiya kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etilmoqda.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom;
- Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashlarining namunaviy tarkibi.
Apellyatsiya kengashi Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kollegial organ hisoblanadi.
Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi apellyatsiya kengashlari ishchi organlari hisoblanadi.
Apellyatsiya kengashlari ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqish orqali ularni qisman yoki to‘liq bekor qilish, shuningdek, ma’muriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ma’muriy organga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega.
Apellyatsiya kengashlari o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Apellyatsiya kengashlari tomonidan shikoyatlar bepul qo‘rib chiqiladi. Apellyatsiya kengashlariga shikoyat qilish ixtiyoriy, bu fuqarolarning bevosita sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi.
Apellyatsiya kengashlariga davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali shikoyat qilish mumkin.
Apellyatsiya kengashlari shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- ma’muriy hujjatni o‘zgartirishsiz o‘z kuchida qoldirish;
- ma’muriy hujjatga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli organga majburiyat yuklash;
- ma’muriy hujjatni qisman yoki to‘liq bekor qilish hamda vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha arizani qayta ko‘rib chiqish.
Apellyatsiya kengashlarining qarorlari 3 ish kunidan kechiktirmay “E-qaror” elektron tizimida joylashtiriladi.
Apellyatsiya kengashlarining qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Ma’muriy hujjatini o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish haqida qaror qabul qilinganda, davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha berilgan ariza YaIDXP va (yoki) tegishli tizimda qayta ko‘rib chiqish bosqichiga qaytariladi. Bunda fuqaro davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha qayta ariza berish talab etilmaydi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida apellyatsiya kengashlarining qarorlarini manfaatdor shaxslarning shaxsiy kabinetiga yuborish imkoni yaratiladi.
Mavzuga oid

18:33 / 12.05.2025
Ijtimoiy himoya qilinadigan oilalar ko‘lami kengaytiriladi

12:24 / 24.03.2025
Gaz, svet va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish tartibi bekor qilindi

16:16 / 15.02.2025
Avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

12:00 / 08.02.2025