18 yoshgacha bo‘lganlar ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tasdiqlanishi kutilmoqda.

Foto: iStock
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Mehnat kodeksiga muvofiq, shuningdek, sog‘lig‘iga hamda ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, o‘qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi mumkin bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining mehnat huquqlarini ta’minlash maqsadida ularning mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi.
Ro‘yxatda 40 ta ishlar va kasblar nomlari keltirilgan. Xususan, o‘quvchilar ofitsiant, sotuvchi, sartarosh, buyumlarni qo‘lda taxlovchi-qadoqlovchi, dehqon xo‘jaligi a’zosi, yukchi bo‘lib ishlashi mumkin.
Bunda, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kilodan og‘ir bo‘lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kilo, qiz bolalar uchun — 3,5 kilodan og‘ir bo‘lmasligi lozim
18 yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

10:49 / 14.04.2025