Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo ta’lim boshqarmasi boshlig‘idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo‘qmi?” deya so‘radi. Husniddin Mamadiyev viloyatda ming dollardan ko‘p oylik olayotgan 600 ga yaqin o‘qituvchi borligi, yana 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p olayotganini aytdi. “Britaniyada ham bunaqa oylik yo‘q”, dedi davlat rahbari.

Husniddin Mamadiyev / "O‘zbekiston 24" efiridan kadr
Surxondaryo viloyatida 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘proq maosh olyapti, dedi viloyat ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev 15 may kungi selektorda prezident savoliga javoban.
Maktab ta’limi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z olgan Mamadiyevga davlat rahbari oyliklar masalasida savol berdi.
“O‘zing oddiy, jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo‘qmi?” – deya so‘radi Shavkat Mirziyoyev.
“Hurmatli prezident, shuni alohida ta’kidlashimiz kerak, bizning Surxondaryoda 2 ming dollardan ortiq oladigan 11 ta o‘qituvchimiz bor. Buni OAVda ham ko‘rsatdik. Undan tashqari, 600 ga yaqin ming dollardan ortiq oladigan o‘qituvchilarimiz mavjud. Bugungi kunda tuman-shahar ta’lim bo‘limlari va maktablarning direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va boshqarmalar xodimlarining ham oyligini oshirib berdingiz. Pedagoglarimiz bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan ta’lim islohotidan juda ham mamnun”, – dedi Surxondaryo viloyat ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev.

Yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev Britaniya ta’lim sohasida ishlayotgan, selektorda Londondan turib videaloqa orqali qatnashgan Nova School maktabi rahbari Zebo Mo‘minova bilan suhbatlasharkan, Mamadiyevning so‘zlarini esladi.
“Surxondaryoda oltita o‘qituvchi 2000 dollar olyapti, dedi. Sizlar bir nazar tashlanglar, Britaniyada ham bunaqa oylik yo‘q”, – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishdagi nutqida 8-12 mln so‘m maosh olayotgan o‘qituvchilar sonini aytib o‘tdi.
“Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olyapti. Bunday o‘qituvchilar oxirgi 2 yilda 10 barobarga ko‘paygan.
Bog‘cha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”, – dedi davlat rahbari.

Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/25 o‘quv yili boshida maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni 565 ming nafar bo‘lgan. Demak, 8 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha yoki bugungi kursda 617 dollardan 925 dollargacha maosh olayotgan ustozlar maktablarda ishlayotgan jami pedagoglarning qariyb 11 foizini tashkil etadi.
Agentlik hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 44 ming so‘mni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil avgustidagi matbuot anjumanida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova 6 mingga yaqin o‘qituvchi 10 mln so‘m maosh olayotganini aytgandi.
Avvalgi haftada oilaviy shifokorlarning maoshi 1500 dollar dollargacha oshirilishi ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
-
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26
Mavzuga oid

18:01 / 06.06.2025
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

11:31 / 06.06.2025
O‘tkirbek Yusupov 6 marta goldan asradi, buning uchun unga 6 marta minnatdorlik bildiraman - prezident

00:48 / 06.06.2025
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video

23:38 / 05.06.2025