Britaniyalik alpinist Everestga chiqish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Britaniyalik Kenton Kul dunyoning eng baland cho‘qqisiga 19 marta chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U Everestni eng ko‘p zabt etgan chet ellikka aylandi.

Foto: Instagram
Britaniyalik alpinist Kenton Kul Everestga 19 marotaba ko‘tarilib, dunyodagi eng baland cho‘qqini eng ko‘p zabt etgan chet elliklar orasida yangi rekordni o‘rnatdi, deb xabar beradi BBC.
51 yoshli erkak Everestga 18 may, yakshanba kuni boshqa alpinistlar bilan birga chiqqan. Ekspeditsiya a’zosi bo‘lgan Isvari Paudelning aytishicha, britaniyalik alpinist vazifani «shunchaki a’loga uddalagan».
Kul Everestni ilk bor 2004 yilda zabt etgan edi va shundan buyon u muntazam ravishda cho‘qqiga ko‘tarilib keladi. Bu ishni britaniyalik asosan may oyida — alpinizm uchun qulay bo‘lgan mavsumda amalga oshiradi.
Ammo uning cho‘qqiga chiqish karerasida ayrim uzilishlar ham bo‘lgan. 2014 yilda mavsum qor ko‘chkisi sabab 16 nafar sherpning fojiaviy o‘limidan keyin bekor qilingan edi. Kelgusi yilda ham kuchli zilzila va ko‘chkilar oqibatida cho‘qqiga chiqishga ruxsat berilmagan. 2020 yilda esa Kul koronavirus pandemiyasi sabab Everestga chiqa olmagan.
Ayni vaqtda Kul Everestni 19 marotaba zabt etgan yagona chet ellik hisoblanadi. Biroq bu boradagi mutlaq rekord nepallik sherp Kami Ritaga tegishli — u Everestga 30 marotaga ko‘tarilgan. Yaqin kunlarda u o‘z rekordini yangilab, 31 marta dunyoning eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar boshlarida Nepal hukumati xorijliklar uchun Everest cho‘qqisiga chiqish to‘lovlarini oshirgandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, chet elliklar uchun bahor mavsumida (mart—may) cho‘qqiga chiqish uchun to‘lov 11 ming dollardan 15 ming dollarga, kuz mavsumida (sentabr—noyabr) 5,5 ming dollardan 7,5 ming dollarga, qishda (dekabr—fevral) va yomg‘irli mavsumda (iyun—avgust) — 2,75 ming dollardan 3,75 ming dollargacha ko‘tarilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
Mavzuga oid

18:08 / 03.07.2025
Dronlar Everest yonbag‘irlarini chiqindilardan tozalashni boshladi

23:43 / 21.05.2025
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi

18:29 / 29.04.2025
Nepal tajribasiz alpinistlarga Everestga chiqish uchun ruxsat bermaydi

15:06 / 22.01.2025