Sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishga 53 mln dollar ajratiladi
Prezidentning «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Loyiha chorvachilikning sutchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, sut mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:
- Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 320 ta mahallaga, 12 ming aholi va sut yetishtiruvchi dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini yaratish;
- 865 nafar jismoniy shaxs va dehqon xo‘jaliklariga sutni qayta ishlovchi korxonalarni yaratish va modernizatsiya qilish uchun 250 ming dollargacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
- mahalliy mutaxassislarni chorva mollarning mahsuldorligini oshirish usullariga xorijiy tajriba asosida o‘qitish;
- sut yetishtiruvchilar va sotib oluvchilarni birlashtiradigan «Milliy sut mahsulotlari» platformasini ishga tushirish.
Loyihaning umumiy qiymati 53,01 mln dollar ekvivalentida bo‘lib, shundan:
- Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining imtiyozli krediti – 30 mln dollar, shuningdek 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilga 7,8 mln dollar miqdoridagi kredit;
- loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi – 5,94 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar;
- • O‘zbekistonning ulushi – 9,27 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar (soliq, bojxona to‘lovlari va ofis ijarasi xarajatlarini to‘lash, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ko‘rinishida).
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
- Loyiha bo‘yicha Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kreditlaridan foydalanish sxemasi;
- kreditlardan foydalanish va ularni qaytarish, komissiya va foiz to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvallari;
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi».
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

16:15 / 19.02.2025
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

16:32 / 04.02.2025