Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi
Shuningdek, belgilangan hokimliklar huzurida «Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi» davlat korxonalari tashkil etiladi.

«Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025 yil 1 martgacha to‘liq yakunlanadi.
Yangi tizim birinchi bosqichda 2025 yil bahorgi ekish mavsumigacha belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025 yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va g‘alla ekinlarini yetishtirish nazarda tutilmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarida joriy etiladi.
Yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga ko‘ra, uni 2025 yilgi kuzgi ekish mavsumi va undan keyingi davrlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritib boriladi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
- Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi;
- belgilangan hokimliklar huzurida «Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi» davlat korxonalari.
Organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028 yil 1 yanvargacha yer solig‘i 50 foiz miqdorida to‘lanadi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

11:26 / 25.03.2025
Kadastr agentligi: “O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazishda muammolar bor”

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

16:15 / 19.02.2025