Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
Toshkentda voyaga yetmagan aka 3 yoshli ukasini sho‘xligi uchun sotuvga qo‘ydi. Tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi. Poytaxt ko‘chalarida yana bir avtobus yonib ketdi. Besh gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi
Bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun XIX xalqaro tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda, Kun.uz’ning surishtiruvchi jurnalisti Ruslan Saburov XIX «Oltin qalam» milliy mukofotining internet-nashrlar yo‘nalishida 3-o‘rin bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, «Oltin qalam» XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi 5 ta asosiy nominatsiya — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari hamda «Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi. Shuningdek, tanlovda qator rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
Aka 3 yoshli ukasini sho‘xligi uchun onlayn sotuvga qo‘ydi
Olxʼda 3 yoshli bola sotuvga qo‘yilgani tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani aniqlandi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi 13 yoshli bola 2022 yilda tug‘ilgan ukasini sho‘xligi uchun go‘yoki ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida e’lon joylashtirgan. U sotuv narxini 150 ming so‘m deb ko‘rsatgan.
Bolalar ombudsmani ushbu harakat «shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda» qilinganini ta’kidladi.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi
Toshkent shahri ko‘chalarida tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi ish boshladi.
Qayd etilishicha, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi.
Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishiga, avtomobil yo‘lovchilarining vaqtini tejash, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlashtirish hamda qaror qabul qilishda aniq statistika orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
84-sonli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadigan avtobusda harakat vaqtida yong‘in chiqdi. Holat Choshtepa metro bekati yaqinida sodir bo‘ldi.
Kun.uz’ga yuborilgan murojaatda Toshkent shahrida yaroqsizga chiqarigan avtobuslar ta’mirlanib, ayni shu yo‘nalishga chiqarilgani ta’kidlangan.
Murojaatchi yo‘nalishdagi avtobuslar kamchiliklari haqida “tashbus.uz” saytida bir necha yozib qoldirgani, biroq javob berilmganini qayd etgan.
Ta’kidlash joiz, Toshkentda avtobuslarning yonib ketishi yangilik emas. Xususan, 2024 yilning 26 fevralida 174-sonli hamda 33-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketgandi.
Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtiriladi
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari Suv hisobi axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibi yanada soddalashtirildi.
Unga ko‘ra, boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish soliq to‘lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko‘ra soliq organlari tomonidan 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.
Besh gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qildi.
Uning murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, B.S. ismli shaxs Yuqori Chirchiq tumani Miyam-Kangli mahallasida joylashgan hokimiyat zaxirasidagi 5 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib, uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilgan. U kelishilgan puldan 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
-
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi
Jahon | 14:46
-
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi
Jahon | 14:31
-
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
O‘zbekiston | 14:24
Mavzuga oid

23:48 / 10.07.2025
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest

23:11 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest

23:35 / 08.07.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest

23:14 / 07.07.2025