IIVning raqamli transformatsiyasi boshlandi
Prezident tomonidan «Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti tashkil etildi. U jumladan ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yechimlarni tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.
Sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etilmoqda. Shuningdek, tumanlararo raqamli texnologiyalar bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Raqamli transformatsiya doirasida ichki ishlar organlarining faoliyatiga ovoz asosida shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, quyidagi xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi:
- avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish;
- O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni bir manzildan ikkinchi manzilga turgan joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olish;
- fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya berish;
- fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston hududiga olib kirish hamda O‘zbekiston hududidan olib chiqish, O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma berish;
- portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yo‘l transportida tashish uchun ruxsatnoma berish;
- fuqaroning doimiy manzilini hamda unga tegishli ko‘chmas mulkda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash;
- ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun ruxsatnoma berish.
Hujjat bilan shuningdek Ichki ishlar organlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanmoqda. Uning asosiy yo‘nalishlari:
- ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish;
- huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izidan» fosh etishga xizmat qiluvchi geoaxborot tizimida makon, vaqt, holat, qilmish, obekt, predmet va shaxsni o‘zaro bog‘lovchi tahliliy va prognoz modellarini yaratish
- vaziyat va holat ssenariysining tahlili va prognozi asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;
- raqamli kriminalistika sohasida tadqiqotlar olib borish va tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
- kuzatuv kameralarida qayd etilgan tasvirlarni real vaqt rejimida profayling tahlil qilish orqali shaxsning jinoiy xulq-atvorini prognozlash mexanizmini joriy etish;
- aholiga xizmat ko‘rsatish, ekspert-kriminalistika va tezkor-profilaktik faoliyatda robototexnika imkoniyatlaridan foydalanish.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston milliy jamoasining barcha vakillari mukofotlanadi
Sport | 11:31
-
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi
Jahon | 11:22
-
O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:17
-
Tesla va Trampning firmalari aksiyalari Mask bilan bahsdan keyin quladi
Jahon | 11:13
Mavzuga oid

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

10:06 / 21.04.2025