Bolalar uchun kontent yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi
Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar rag‘batlantiriladi.

Foto: YouTube/ Bekvalola
«Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublikada bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar ishlab chiqarish hamda ularni ommalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- bolalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmasi, tabiatni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashga xizmat qiluvchi kontentlar yaratish;
- bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish;
- ota-onalar va bolalarni internet tarmog‘idagi axborotlarni to‘g‘ri baholashga hamda xavfli kontentlarni aniqlashga yo‘naltiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish.
Qarorga asosan, bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar 2025 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvarga qadar:
- foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;
- ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi;
- yuridik shaxslarga bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan jahondagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun 5 ta kvota ajratiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

17:25 / 28.03.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

21:31 / 25.12.2023