Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
Suyaklar XVI-XIX asrlarga tegishli. Arxeologlar cherkov hududidan yana boshqa skeletlar ham topilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Foto: AP
Portugaliyaning Portiman shahrida joylashgan XV asrga tegishli cherkov devorlari qulab tushganidan keyin kamida 12 kishining jasadi qoldiqlari topildi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, devorlar orasida boshqa skeletlar ham bo‘lishi mumkin, deb yozadi Popular Mechanics portali.
Qayd etilishicha, ushbu voqea Igreja Matriz de Portimao cherkovida sodir bo‘lgan. Uning devorlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli qulab tushgan. Zararni baholash uchun mutaxassislar voqea joyiga yetib kelgach, vayronalar ostidan odamlarga tegishli suyaklar topilgan. Topilmani o‘rganish uchun arxeologlar guruhi chaqirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu suyaklar XVI-XIX asrlarga tegishli. Suyaklar yoshi va ularning joylashuv o‘rni, ya’ni cherkovning ichki devorlaridan topilgani hisobga olinadigan bo‘lsa, ular mazkur hududda joylashgan qabristonning bir qismi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, o‘tmishda cherkovlar hududidan tez-tez dafn etish joyi sifatida foydalanib kelishgan.
Arxeolog Rita Diasning aytishicha, qabrlar biri-birini yopib turgan: bitta qabrdan bir necha yuz yil davomida qayta-qayta foydalanilgan. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, cherkovlarda dafn etish odati 1869 yillarda sanitariya sabablariga ko‘ra to‘xtatilgan. 1863 yilda esa shaharda yangi qabriston paydo bo‘lgan.
Arxeologlar hozirda topilgan skeletlarning jinsi, yoshi va o‘limi ehtimolini o‘rganmoqda. Portiman hukumati cherkov devorlaridan yana skeletlar topilishi mumkinligini tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

16:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi

17:12 / 28.04.2025