Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa kengashi RF uchun maxsus tribunal yaratish jarayonini boshladi
Yevropa kengashi bosh kotibi va Lyuksemburg Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ukraina prezidentining Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga agressiyasi bo‘yicha maxsus tribunal yaratish haqidagi murojaatini qabul qildi.

Foto: coe.int
Yevropa kengashi vazirlar qo‘mitasi Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi jinoyati bo‘yicha maxsus tribunal yaratish jarayonini rasman boshladi. Tegishli qaror 14 may, chorshanba kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi, deb xabar berdi Yevropa kengashi matbuot xizmati.
Qo‘mita yig‘ilishida Kiyevning rasmiy vakillari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning shunday tribunal tashkil etish so‘ralgan maktubini topshirdi. Murojaat Yevropa kengashi bosh kotibi Alen Berse va Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Ksave Bettel tomonidan qabul qilingan. Bersega maxsus tribunal yaratish jarayoniga rahbarlik qilish topshirilgan.
Jarayonga yaqin DW manbalariga ko‘ra, rasmiy protseduralar 2025 yil oxiri yoki 2026 yil boshida yakunlanishi mumkin.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, 40 ga yaqin davlat, Yevrokomissiya, YeI tashqi ishlar xizmati va Yevropa kengashidan iborat maxsus tribunal tashkil etish bo‘yicha asosiy guruh ushbu xalqaro sudni yaratish texnik loyihasi ustida ishlarni yakunlagan. Loyiha uchta asosiy hujjatdan iborat: Ukraina va Yevropa kengashi o‘rtasida tribunalni shakllantirish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv matni, uning nizomi va rasmiy ravishda «kengaytirilgan qisman kelishuv» deb ataladigan tribunalni boshqarish bo‘yicha bitim.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025