Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish belgilandi.

«Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish belgilandi.
Shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.
2025 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an’anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.
2026 yil 1 yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash ta’lim dasturlari joriy etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan «Hududlarni kompleks rivojlantirish», «Davlat boshqaruvi», «Inson resurslarini rivojlantirish» magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
2026/2027 o‘quv yilidan:
- «Davlat siyosati» (Public Policy) va «Davlat moliyasini boshqarish» (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;
- yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
- magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari va modullar bo‘yicha tashkil etiladi.
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

18:16 / 15.05.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi

17:31 / 15.05.2025
Har yili 1 million o‘quvchi O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilinadi

13:50 / 15.05.2025