Jahon | 16:43 / 10.05.2025
13666
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

Kiyev Qizil maydondagi bayram tadbirlarida xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari ishtirok etishini do‘stona bo‘lmagan qadam sifatida baholadi.

Foto: Yevgeniya Novojyenina / Reuters

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 9 may kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradga tashrif buyurgan davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini taklif qildi va ularga demarsh e’lon qildi.

Vazir birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsaning ta’kidlashicha, 2022 yildan beri davom etayotgan keng ko‘lamli harbiy harakatlarni hisobga olib, Kiyev Qizil maydondagi bayram tadbirlarida xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari ishtirok etishini nodo‘stona qadam sifatida baholamoqda.

Departamentning fikricha, ularning tadbirda ishtirok etishi «Ikkinchi jahon urushi qurbonlari va qahramonlari xotirasini abadiylashtirishga hech qanday aloqasi yo‘q».

Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradiga 20 dan ortiq xorijiy davlat rahbarlari tashrif buyurdi.

Demarsh - bu muayyan masala bo‘yicha davlatning pozitsiyasini ifodalashga qaratilgan diplomatik harakat yoki bayonot. Bu norozilik, harakatga chaqirish yoki xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyani tushuntirish shaklida bo‘lishi mumkin.

 

Mavzuga oid