Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab tashkil qilinadi

Foto: Telegram/Press_Secretary_Uz
Bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bosqichlarda aniqlanmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Shu bois, xuddi onkologiyada bo‘lgani kabi bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha ham besh yillik dastur qabul qilinadi. Bunga kamida 110 million dollar yo‘naltiriladi.
Bolalar onko-gematologiya markazi huzurida “Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab” tashkil qilinib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
Markaziy Osiyoda yagona bo‘ladigan ushbu akademik xabda mintaqadagi shifokorlar bolalar saratoni kasalliklarini erta aniqlash va davolash bo‘yicha xalqaro standartlar asosida o‘qitiladi.
Shuningdek, joylardagi bolalar shifoxonalarining onko-gematologiya bo‘limlari kasallikni erta bosqichda aniqlaydigan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Bu ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mavzuga oid

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi

08:24 / 19.05.2025