Tramp jahon chempionatida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berdi
Odamlar norozilik bildirish huquqiga ega, ammo bu oqilona tarzda amalga oshirilishi kerak, dedi Oq uy rahbari.

Foto: Getty images
Qo‘shma Shtatlar 2026 yilgi jahon chempionati vaqtida Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ehtimoliy namoyishlarning oldini olmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bunday namoyishlar ishtirokchilari cheklovlardan ehtiyot bo‘lishlari kerakmi, degan savolga Tramp jahon chempionati vaqtida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berilishini ta’kidladi.
«Odamlar norozilik bildirish huquqiga ega. Lekin buni oqilona yo‘l bilan qilish kerak», dedi u.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Turnirda ishtirok etish uchun 8 milliondan ortiq muxlislar Qo‘shma Shtatlarga borishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

11:54
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025