Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda o‘zbek tilini noldan o‘rgatuvchi Uzbek Language: Complete Self-Study Guide in 22 Lessons nomli qo‘llanma chop etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Ushbu kitobning kirish qismida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, uning o‘zgarish bosqichlari hamda o‘zbek xalqining shakllanish tarixi haqida so‘z yuritilgan.
Kitobning asosiy qismidagi 22 ta darslar yirik mavzularni boshqa qo‘llanmalar kabi alohida-alohida to‘liq tushuntirishga emas, balki xorijiy tilni o‘rganish uchun eng zarur bo‘lgan qoidalar va konstruksiyalarni o‘rgatishga bag‘ishlangan.
O‘zbek tilida fe’l zamonlarini tushunish xorijliklar uchun nisbatan murakkabligini inobatga olib, qabul qilingan standartlardan farqli ravishda ingliz tiliga qiyoslab sodda ko‘rinishda tushuntirilgan.
Har bir dars so‘ngida qisqa mashqlar va matnlar keltirilgan. Bunda o‘rganuvchiga yuk bo‘lmasligi uchun mashqlar soni ko‘paytirilmagan. Qo‘llanma oxirida til o‘rganishni osonlashtiruvchi qo‘shimcha qismlar ham kiritilgan.
Qo‘llanma so‘ngida 2500 dan ortiq faol qo‘llaniladigan so‘zlar asosida o‘zbekcha-inglizcha lug‘at chop etildi.
Elchixona tashabbusi bilan nashrga tayyorlangan mazkur kitob Misrdagi kutubxonalar, o‘zbek tilini o‘rganayotgan Qohira universiteti talabalari orasida tarqatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi

02:18 / 10.05.2025