Adidas va Volkswagen natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishiga javobgarligini tan oldi
49 ta nemis kompaniyasi qo‘shma bayonot imzolab, Adolf Hitlerning hokimiyat tepasiga kelishida o‘zlarining aybi borligini ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock
49 ta nemis kompaniyasi, jumladan, Adidas, Volkswagen, Bosch va BMW 1930 yili Germaniyadagi milliy-sotsialistik rejimga ko‘maklashishdagi aybini tan olib, qo‘shma bayonot imzoladi. Hujjat Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri tomonidan e’lon qilindi.
Bayonotda qayd etilishicha, biznesning ishtirokisiz Adolf Hitler 1933 yilda hokimiyat tepasiga kelishi imkonsiz bo‘lgan bo‘lardi. Mualliflarga ko‘ra, natsistlar tomonidan o‘sha davrda sodir etilgan jinoyatlar xotirasini saqlash — biznes zimmasiga ham yuklanadi.
«1933 yil hamda undan keyin ko‘pchilik sukut saqladi va yuz o‘girdi. Bu esa bizning mas’uliyatimizni yuzaga keltiradi — o‘tmish, hozirgi zamon va kelajak uchun», — deyiladi hujjatda.
Hujjatni imzolaganlar orasida Bayer, BASF, Bosch, Evonik, Siemens, Deutsche Bahn, Volkswagen, Lufthansa i Rheinmetall va Adidas kompaniyalari ham bor.
Avvalroq Tramp 11 noyabr – Amerika milliy faxriylar kuni (Buyuk Britaniyada uni Xotira kuni sifatida nishonlashadi) Birinchi jahon urushida qozonilgan G‘alaba kuni deb o‘zgartirilishini e’lon qilgandi. Tramp buni Qo‘shma Shtatlarning Germaniya imperiyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini to‘g‘ri baholash zarurati bilan izohlagan. Shunindek, u 8 may sanasini Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alaba kuni deb e’lon qilish haqida farmoyish bergan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:15
-
Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra yonib ketdi
Jamiyat | 13:10
-
Bloomberg: Tramp NATO yetakchilari bilan yopiq uchrashuvdagi nutqida Rossiyani umuman tilga olmadi
Jahon | 13:10
-
O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

12:11 / 24.06.2025
Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan

13:40 / 23.06.2025
Toshkentda O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi

09:30 / 21.06.2025
Bundesver strategiyasida Rossiya «ekzistensial xavf» deb ataldi

14:16 / 19.06.2025