Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqariladi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir Aziz Abduhakimov va Yaponiyaning Le One Co., Ltd kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xaruki Yamasaki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Muzokaralar davomida Yaponiya tomoni Le One Co., Ltd kompaniyasi 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan 4 million AQSh dollari miqdoridagi grant yutib olgani haqida ma’lum qildi. Grant Yaponiya energetika va sanoatni rivojlantirish tashkiloti tomonidan dekarbonizatsiya va yashil energiya sohasida ilg‘or yapon texnologiyalarini ilgari surishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazmali dastur doirasida taqdim etilgan.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda biologik chiqindilarni qayta ishlash natijasida olingan biogazdan metan ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba zavodini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Tashabbus bir vaqtning o‘zida bir nechta ekologik va iqtisodiy maqsadlarga erishishga qaratilgan: issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish, chiqindilarni xavfsiz yo‘q qilish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun biogumus ishlab chiqarish, shuningdek, kimyoviy yuvish va Yaponiya standartlari asosida chuqur tozalash tizimi bilan gibrid sirkulyatsiya texnologiyasini joriy etish.
Loyiha biogazdan muqobil energiya manbai sifatida foydalanishni nazarda tutadi, bu nafaqat atrof-muhitga tushadigan bosimni kamaytirish, balki chiqindilarni boshqarishning qo‘shimcha energiya tejamkor modelini yaratish imkonini beradi. Texnologiya barqaror rivojlanish maqsadlariga va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga to‘liq mos keladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11 / 09.07.2025
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:47 / 08.07.2025
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

20:38 / 07.07.2025
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi

16:00 / 04.07.2025
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi

18:08 / 03.07.2025