Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi
Germaniyaning Deutsche Allgemeine Zeitung gazetasida Toshkentda O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo komissiyasining 15-majlisi bo‘lib o‘tganiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Foto: "Dunyo" AA
"Federal hukumatning etnik nemislar va milliy ozchiliklar bo‘yicha komissari doktor Bernd Fabritsius va O‘zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qahramon Sariyev hamraisligida bo‘lib o‘tgan majlisda 4000 dan ortiq nemislarni qo‘llab-quvvatlash dasturi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi", – deb yozilgan maqola avvalida.
Nashrda ma’lum qilinishicha, germaniyalik va o‘zbekistonlik ishtirokchilarning vakillik tarkibi ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qilish, faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in fikr almashish imkonini berdi.
Nemis gazetasi bugungi kunda O‘zbekistondagi 980 ta maktabda 3000 dan ortiq o‘qituvchi nemis tilidan dars berayotgani xabar qilgan. "Bu nafaqat etnik nemislar orasida, balki respublika aholisi orasida nemis tiliga katta qiziqish borligini yana bir bor ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati barcha etnik guruhlarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lib, millatlararo va dinlararo bag‘rikenglikni yuksak darajada namoyon etmoqda", – deya urg‘ulangan materialda.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi raisi Yelena Mironova majlisdagi nutqida, markazning 30 yillik tarixida hech qachon bunchalik ko‘p rang-barang, eng avvalo, ommabop loyihalar bo‘lmaganini bildirdi.
Maqola yakunida "Hukumat komissiyasi majlisi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan nemislarning etnik-madaniy o‘ziga xosligini yanada targ‘ib qilish va rivojlantirish bo‘yicha umumiy yondashuvlar ishlab chiqilgan kommyunikening tantanali imzolanishi bo‘lib o‘tdi", – deb yozilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
Mavzuga oid

14:07 / 12.07.2025
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

12:30 / 12.07.2025
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

12:30 / 11.07.2025