O‘zbekiston | 17:04 / 07.05.2025
6753
3 daqiqa o‘qiladi

UZCARD yangi mahsulotini ishga tushirdi: yo‘l haqi uchun transport kartalari tariflariga ega kartalari

UZCARD hamkor banklar bilan birgalikda mahsulotlar qatorini kengaytirmoqda va jamoat transportida yo‘l haqini to‘lashda har bir foydalanishdan so‘ng, yo‘l haqi kamayib boradigan tariflar funksiyasiga ega TBK - transport va bank kartalarini ishga tushirmoqda. Mahsulot o‘zida bank kartasi va ATTO kartasining afzalliklarini mujassam etgan: mijoz bitta kartadan naqd pulsiz xaridlarni amalga oshirish va Toshkent jamoat transportida chegirmali tariflar doirasida yo‘l haqini to‘lash uchun foydalanishlari mumkin.

Foto: UZCARD

UZCARD to‘lov tizimi klassik to‘lov kartasi va jamoat transportida yo‘l haqi uchun kontaksiz to‘lov funksiyalarini o‘zida mujassam etgan yangi transport va bank kartalari chiqarilishini e’lon qildi.

Bugungi kunda transport va bank kartalarini “Universal Bank” va “Davr Bank”da rasmiylashtirish mumkin. Ular Moment mahsuloti - qulay va tezkor karta asosida chiqarilib, u bir necha daqiqada faollashtiriladi va darhol foydalanishga tayyor bo‘ladi. Kartani muomalaga chiqarish narxi 30 000 so‘m. Bunda, ushbu miqdor karta faollashtirilgandan so‘ng avtomatik ravishda yechib olinadi va kartaning o‘zi darhol to‘lovlarni amalga oshirish va yo‘l haqini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin. Yaqin orada “O‘zsanoatqurilishbank”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Garant bank” banklari ham transport kartalarini chiqarishga qo‘shiladi. Ta’kidlash joizki, “ Ipoteka-Bank” ushbu yechimdan talabalar bank kartalari bo‘yicha allaqachon faol foydalanmoqda.

Kartalar ATTO ilovasiga ulanishi mumkin bo‘lib, foydalanuvchilarga alohida transport kartalarini xarid qilmasdan yo‘lkira haqini to‘lash imkonini beradi. Karta egalari integratsiyalashgan tizim doirasida bir soat ichida yo‘l haqini to‘lashda chegirmali tariflardan foydalanishlari mumkin:

  • Birinchi qatnov 1700 so‘m,
  • ikkinchisi 700 so‘m,
  • uchinchisi bepul.

To‘lov NFC orqali amalga oshiriladi – Toshkent shahrida avtobus, metro yoki boshqa jamoat transportida kartani validatorga bir marotaba tekkizishning o‘zi kifoya. Bundan tashqari, karta ATTO mobil ilovasiga ulanishi va raqamli sayohat kartasi rasmiylashtirilishi mumkin.

Qulaylikdan tashqari, karta transport xarajatlarini oqilona tarzda kamaytirish imkonini beradi, bu ayniqsa talabalar, maktab o‘quvchilari, tashkilotlar xodimlari va har kuni jamoat transportidan foydalanadigan har bir kishi uchun muhimdir. Transport va bank kartasi sizga ko‘proq harakat erkinligini beradi va siz bilan bir nechta kartalarni olib yurish zaruratini yo‘q qiladi.

Banklar uchun loyihada ishtirok etish mijozlarga mashhur ijtimoiy mahsulotni taklif qilish, ish haqi loyihalari bilan aloqani mustahkamlash va sodiqlikni oshirish imkoniyatidir. Bundan tashqari, transport funksiyasi kartalarga kundalik hayotda qo‘shimcha afzallikni yaratadi, banklarga esa viloyatlarda yangi aloqa va targ‘ibot kanallarini ochadi.

Bank kartalarini ATTO tizimi bilan integratsiyalash bo‘yicha UZCARD loyihasi har bir kun uchun raqamli qulaylik va qulay yechimlar sari yana bir qadamdir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid