UZCARD kartalari yo‘l haqini tejashga yordam beradi

Foto: UZCARD
Hurmatli foydalanuvchilar! UZCARD tomonidan yangi «Manzillar yaqinroq» aksiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berishdan mamnunmiz.
Aksiya 2023 yil 1 oktyabrdan e’tiboran mamlakatning beshta shahri – Samarqand, Andijon, Qarshi, Urganch va Xiva aholisi uchun boshlanadi va ushbu shaharlarning barcha jamoat transportidagi safarlar uchun amal qiladi.
Endi yo‘l haqini to‘lashda tejash oson, agar siz istalgan bank tomonidan chiqarilgan 5614***, 6262***, 5440*** va 8600*** indeksli UZCARD bank kartalari bilan to‘lasangiz. Bunda, chegirma bir safar uchun 500 so‘mni tashkil qiladi. Yo‘l haqi chegirmani hisobga olgan holda hisobdan yechiladi. To‘lov jarayonining o‘zi esa maxsus transport kartasi kabi oddiy: smartfonni qurilmaga qo‘ysangiz bo‘lgani!
NFCʼlik yangi namunadagi UZCARD kartasini quyidagi banklarning istalgan mintaqaviy bo‘linmalarida ochishingiz mumkin: «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Agrobank» ATB, «Garant bank» AJ, «Hamkorbank» ATB, Ziraat Bank Uzbekistan, «Kapitalbank» ATB, AT «Xalq banki», «UNIVERSAL BANK» ATB, «Mikrokreditbank» ATB, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB, «Ipoteka-bank» ATIB, «Qishloq qurilish bank» ATB, «Ipak Yo‘li» AITB, «Trastbank» XAB, «Asia Alliance Bank» ATB, «Aloqabank» AT, «Asakabank» AJ, «DAVR BANK» XATB.
Agar siz hali ham NFCʼlik yangi namunadagi UZCARD kartasi egasiga aylanmagan bo‘lsangiz, siz Uzcard Pay mobil to‘lov ilovasiga 8600**** kartangizni yuklab, Android smartfoningiz bilan to‘lovni osongina amalga oshirishingiz mumkin. Shunchaki ilovani o‘rnating va uning barcha afzalliklaridan foydalanishni boshlang! Bunda, smartfonda NFC-funksiyasi bo‘lishi kerak. O‘z smartfoningizni transportdagi validatorga qo‘ysangiz kifoya va chegirma avtomatik ravishda amalga kiradi. Agar bunday ilova yo‘lovchida o‘rnatib qo‘yilgan bo‘lsa, unda qo‘shimcha hech narsa qilish kerak emas.
Bundan tashqari, Uzcard Pay ilovasida UZCARD virtual kartasini qo‘shish va u bilan gajyetni validatorga qo‘yib to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bugun UZCARD virtual kartasini «Mikrokreditbank» ATBning Mavrid ilovasida, «Qishloq qurilish bank» ATBning Quant mobil ilovasida va Plum to‘lov ilovasida «Universal bank» ATB kartasini ochish mumkin. Bor-yo‘g‘i ikki daqiqada yangi karta yaratib, undan foydalanishni boshlang.
Aksiya 2023 yil 1 oktyabrdan 31 dekabrgacha amal qiladi.
UZCARD bilan har safarda tejash imkoniyatini boy bermang!
Sayt: uzcard.uz
Instagram: @uzcard.uz
Feysbuk: fb.com/UZCARD
Telegram: @uzcard_eopc
Reklama
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

17:04 / 07.05.2025
UZCARD yangi mahsulotini ishga tushirdi: yo‘l haqi uchun transport kartalari tariflariga ega kartalari

09:00 / 04.04.2025
UZCARD “Manzillar yaqinroq” aksiyasi muddatini uzaytiradi: 16 ta shaharda yo‘lkira narxi uchun 1000 so‘mlik chegirma

17:00 / 15.05.2024
UZCARD Toshkent shahrida kvartira yoki 15 milliondan 50 million so‘mgacha pul sovrinlarini yutish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi

18:56 / 08.04.2024