“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
Navoiy viloyatida ikki nafar yoshlar yetakchisi halok bo‘lgan YTHda mashina katta tezlikda boshqarilgani ma’lum bo‘ldi. Haydovchi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan yuk mashinasini quvib o‘tishda boshqaruvni yo‘qotgan hamda mashina ag‘darilib ketgan.

Foto: Videodan kadr
Navoiyda sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha izoh berildi. YHXX axborot xizmati boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, avtohalokatga yuqori tezlik sabab bo‘lgan.
“Haydovchi harakat qoidalarini buzib, yuqori tezlikda harakatlangan. Oqibatda o‘zidan oldinda bo‘lgan avtomashinani quvib o‘tayotganda yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Mantiqan qaraganda ham yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida avtohalokat sodir bo‘ladi. Agar odamlar qoidaga amal qilsa, tirik qolgan, boshqalarning ham hayotiga rahna solmagan bo‘lardi. Shuning uchun YHXX qoidabuzarlikka qarshi kurashadi, tezlikni cheklovchi radarlar o‘rnatadi. Huquqbuzarlarga ma’muriy jarimalar qo‘llaydi.
Agar jamoatchilikda qoidabuzarlik qilishdan tiyilish, kerak bo‘lsa, qoidabuzarlardan nafratlanish tushunchasi shakllanmas ekan, baxtsizliklarni kamaytirib bo‘lmaydi”, deydi Zoyir Yo‘ldoshov.
Mazkur YTHda oqibatida Karmana tumani Farhod mahallasi yoshlar yetakchisi Ulug‘bek Oblaqulov va ushbu tumanning Mirsaid Bahrom mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronov voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, YTHga uchraganlar orasida Karmana tumani Yoshlar ishlari bo‘limi shu’ba mutaxassisi Valijon Qosimov ham bo‘lgan. Hozirda u shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Avvalroq Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ushbu YTHda halok bo‘lgan yoshlar yetakchilarining ota-onasi va yaqinlariga moddiy hamda ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilishini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025