O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
2025 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda aholi jon boshiga umumiy daromadlar 7,6 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 9,2 foizni tashkil etgan. Jon boshiga eng yuqori daromadlar Toshkent shahrida (15 mln 859 ming so‘m), eng past daromadlar esa Namangan viloyatida (3 mln 966 ming so‘m) qayd etilgan.

Foto: Kun.uz
2025 yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 222,4 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida keltirib o‘tilgan.
Hisobot davrida aholi daromadlarining nominal ko‘rinishdagi o‘sishi 20,9 foizni, real o‘sish sur’ati esa 9,8 foizni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich mos ravishda 20,8 va 11,5 foiz bo‘lgandi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar esa nominal qiymatda 18,5 foizga (2024 yilning I choragida – 18,2 foiz), real ko‘rinishda 7,6 foizga (9,2 foiz) ko‘paydi. Natijada 2025 yilning dastlabki 3 oyida aholi jon boshiga o‘rtacha daromad 5,9 mln so‘mga yetgan.
Hududlar kesimida daromadlarning eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (15 mln 859 ming so‘m), Navoiy (9 mln 452 ming so‘m), Buxoro (6 mln 364 ming so‘m) va Toshkent (6 mln 164 ming so‘m) viloyatlarida qayd etilgan. Poytaxt va 3 ta viloyatda aholi jon boshiga umumiy daromadlar respublikadagi umumiy ko‘rsatkichdan baland bo‘lgan.
Bu boradagi eng quyi ko‘rsatkichlar Namangan (3 mln 966 ming so‘m) va Surxondaryo (4 mln 78 ming so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 mln 117 ming so‘m) qayd etilgan.
Aholi jon boshiga daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Farg‘ona (14,5 foiz) va Navoiy viloyati (10,1 foiz) hamda Toshkent shahrida (9,8 foiz) kuzatilgan. Jizzax (2,9 foiz), Toshkent (3,3 foiz) va Sirdaryo viloyatlarida (3,4 foiz) aholining real daromadlari juda kam miqdorda o‘sgan.
Aholining umumiy daromadlari tarkibi
Hisobot davrida aholi umumiy daromadlarining katta qismi yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni o‘z ichiga olgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan (jami aholi umumiy daromadlarining 57,7 foizi) shakllangan. Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 7,7 foiz, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,7 foiz, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 29,9 foizni tashkil qilgan.
Transfertlardan olingan daromadlarning ulushi Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida aholi umumiy daromadlariga nisbatan 30 foizdan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida mazkur daromad turining ulushi eng past – 13,9 foiz bo‘lgan.
Xususan, aholining umumiy daromadlarida (boshqa joriy transfertlarni hisobga olgan holda) xorijdan pul o‘tkazmalarining ulushi 15,8 foizdan 19,5 foizgacha oshgan.
Pul o‘tkazmalariga eng katta bog‘liqlik Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi
Jahon | 11:34
-
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi
O‘zbekiston | 11:18
-
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi
Jahon | 11:04
-
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
O‘zbekiston | 10:37
Mavzuga oid

15:42 / 12.05.2025
O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani aytildi

13:51 / 12.05.2025
O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi

10:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni tashkil etdi

19:48 / 30.04.2025