Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda
Prezident tomonidan «Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Foto: O‘zkimyosanoat
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda. Xususan:
- «O‘zkimyosanoat» AJ tashkilotlarining kimyoviy mahsulotlari eksporti «O‘zkimyoimpeks» MChJ orqali amalga oshirilishini;
- «O‘zkimyosanoat» AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi ularning buyurtmalari bo‘yicha «O‘zkimyoimpeks» MChJ tomonidan amalga oshirilishini belgilovchi normalar bekor qilinmoqda.
Shunindek, o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni, shu jumladan, xorijiy valutaga markazlashtirilmagan tarzda yetkazib beruvchi eksportchi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni «O‘zkimyoimpeks» MChJ va uning ishlab chiqaruvchi tashkilotlariga joriy etish haqidagi norma bekor qilinmoqda.
UzGasTrade AJ tomonidan tabiiy gazni import qilish tender, tanlov hamda Hukumat qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra amalga oshirilishini belgilovchi norma bekor qilinmoqda.
Ilgari elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan narx preferensiyasi berilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qo‘llanmaydi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
Mavzuga oid

15:21 / 02.05.2025
Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi

10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

19:00 / 14.02.2025
Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda

20:09 / 03.02.2025