Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi
Tuproqqal’a tumanida 10 milliard dollarlik MTO majmuasini qurish joriy yilda boshlanishi ma’lum qilindi. Hazoraspda kimyo texnoparki tashkil etilishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xorazmda kimyo sanoati bo‘yicha katta-katta loyihalar reja qilingan. Ularni amalga oshirish orqali tarmoq viloyatning drayveriga aylantiriladi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi chog‘ida.
“Shu yil Tuproqqal’ada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini qurishning (MTO) 1-bosqichi boshlanadi. Bunda yiliga 2 mln tonna 14 turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, Hazoraspdagi 10 gektarda kimyo texnoparki tashkil etiladi, u yerda polimer mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar bo‘ladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
10 mlrd dollarlik GKM haqida davlat rahbari Xorazmga o‘tgan yili mart oyidagi tashrifida ma’lum qilgan, dunyoning shu sohadagi eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar boshlanganini aytgandi.
“Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi. Bu nafaqat Xorazm uchun, balki respublikamiz sanoatining flagmani bo‘ladi”, – degandi prezident.
O‘shanda “yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilgani, loyiha 2024-2028 yillarda amalga oshirilishi xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekneftgaz”ning Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish bo‘yicha 1,8 mlrd dollarlik loyihasi to‘xtatilgan. Xuddi shunday quvvatdagi zavod – MTO (methanol to olefin) texnologiyasi asosida ishlovchi gaz-kimyo majmuasi Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida qurilmoqda. Shveytsariyada ta’sis etilgan Gas Project Development Central Asia AG hamda Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan Belvor Noldings Limited amalga oshirayotgan loyiha qiymati 2,7 mlrd dollarga baholangan.
Avvalroq 3,4 mlrd dollarga qurilgan Uzbekistan GTL zavodi xususiylashtirilishi e’lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

14:00 / 06.05.2025
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda

19:00 / 14.02.2025
Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda

14:21 / 05.12.2024
Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” rahbarligiga qaytdi

12:00 / 09.12.2023