2026 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Lotereya g‘oliblari AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi viza uchun ariza berishi mumkin. Lekin odatda g‘olib deb topilganlarning faqat yarmi yakunda viza ola oladi.

Foto: Getty images
3 may kuni Diversity Visa - 2026 (Green Card) natijalari e’lon qilindi.
Natijani dasturining rasmiy sayti - dvprogram.state.gov sayti orqali tekshirish mumkin. Saytga anketa to‘ldirish vaqtida olingan tasdiqlovchi raqamni kiritish kerak.
Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi AQShda 1990 yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Ushbu lotereya g‘oliblari AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.
Har yili 55 mingta vizaga ega chiqish uchun butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda g‘olib sifatida qayd etilgan ariza beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i viza bo‘yicha intervyudan o‘tgan taqdirdagina viza oladi.
Mavzuga oid

18:51
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi

14:08
Germaniya TIV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

13:32
“Bu avvalgi G7 emas” - Amerikaning do‘stlari Vashington bilan bojlar masalasida kelishuvga erishmoqchi

12:13