Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
Havo kemasi uchuvchisi 30 aprel kuni falokat signalini bergan va shundan keyin aloqaga chiqmagan. Samolyotni qidirish ishlariga mamlakat harbiylari ham jalb etilgan.

Boliviya shimolida bortida besh kishi bo‘lgan Cessna 72M Skyhawk samolyoti g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezident Luis Arse o‘zining Telegram-kanali orqali xabar berdi.
«Samolyot Baures aholi punkti va Beni departamentidagi Trinidad shahri o‘rtasidagi yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilayotganida yo‘qolgan», — deb yozadi Luis Arse.
Yo‘qolgan samolyot uchuvchisi 30 aprel kuni falokat signalini bergan va shundan keyin aloqaga chiqmagan. Bu vaqtda havo kemasi Trinidaddan 109 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotni tajribali kapitan Pablo Andres Velarde boshqargan. Uchuvchidan tashqari bortda uch nafar katta yoshli odam va bir bola bo‘lgan. Samolyot belgilangan vaqtda qo‘nmagani va ekipaj bilan aloqa yo‘qolganidan keyin havo kemasini qidirish ishlari boshlangan.
Samolyotning yo‘qolish sabablari hozircha noma’lum. Cessna Amazonkaning borish qiyin bo‘lgan hududlariga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan ham bo‘lishi mumkin. Havo kemasini qidirish bilan aviatsiya kuchlari va qutqaruv brigadalari shug‘ullanmoqda. Boliviya hukumati, shuningdek, harbiylarni ham qidiruv ishlariga jalb etgan.
Avvalroq Tailandda yengil motorli Twin Otter samolyoti halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

23:57 / 09.05.2025