Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Londondan Kanadaga uchishi kerak bo‘lgan havo kemasi bortida 334 yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning hech biriga shikast yetmagan.

Foto: Reuters
London aeroportida uchuvchi o‘ng va chap tomonlarni adashtirib yuborgani sabab samolyotda yong‘in chiqdi, deb xabar beradi Daily Mail.
Qayd etilishicha, hodisa o‘tgan yilning 28 iyunida sodir bo‘lgan, ammo uning sabablari endi e’lon qilindi. O‘sha kuni British Airways samolyoti Londondagi Gatvik aeroportidan Vankuverga uchayotgan bo‘lgan. Parvoz vaqtida ikkinchi uchuvchi o‘ng va chap tomonlarni adashtirib yuborgan va boshqa bir boshqaruv tyagasi richagini tortgan.
Tormozlanish natijasida Boeing 777 qizib ketgan va yong‘in chiqqan — parvoz soatiga 192 mil tezlikda to‘xtatilgan. O‘t o‘chiruvchilar samolyotda chiqqan yong‘inni uchish yo‘lagida bartaraf etgan. Havo kemasi bortida bo‘lgan 334 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zosidan hech kimga shikast yetmagan, ammo o‘nlab reyslar kechiktirilgan yoki bekor qilingan.
Tergov davomida 6 ming soatdan ortiq parvozlarni amalga oshirgan uchuvchi qanday qilib bunday xatoga yo‘l qo‘yganini tushuntirib bera olmagan. Uning biror-bir javobgarlikka tortilgani ham noma’lum. Ekspertlarning aytishicha, bunday voqealar kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladi, yuqorida holat vaqtida samolyot xavfsizlik tizimlari o‘z vaqtida ishlab ketgan.
Mavzuga oid

18:28
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

23:29 / 13.05.2025