Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi
Odamlar o‘z uylarida ichimlik suvi uchun kuler ishlata boshlagani jo‘mrakdagi suvning sifati yomonlashganini anglatmaydi, deb hisoblaydi “O‘zsuvta’minot”. Kompaniya rasmiylarining Kun.uz muxbiri savoliga javoban ma’lum qilishicha, ichimlik suvi sifati avval qanday nazorat qilingan bo‘lsa, hozir ham shunday nazorat qilinyapti.
O‘zbekistonda o‘z xonadonida kuler yoki jo‘mrakosti filtrlarini ishlatadigan aholi soni oshib bormoqda. Kun.uz muxbiri “O‘zsuvta’minot” AJ o‘tkazgan matbuot anjumanida quvurlar orqali yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati haqida so‘radi.
Kompaniya rasmiylarining fikricha, odamlar kuler ishlata boshlagani jo‘mrakdagi suv sifati yomonlashdi degani emas.
“Ichimlik suvi sifati ilgari qanday nazorat qilingan bo‘lsa, hozir ham shunday nazorat qilib turilibdi, sifati yomonlashgani yo‘q. To‘g‘ri, baklajkadagi suvlar – haqiqatan ishlov berilgan, filtratsiya darajasi yuqoriroq, yumshoqligi jihatdan yaxshiroqdir, lekin bu [jo‘mrakdagi] ichimlik suvi sifati yomonligini bildirmaydi”, – dedi “O‘zsuvta’minot” raisi o‘rinbosari Komilbek Yusupov.
“Bizning har bitta inshootimizdan chiqayotgan suvning sifati doimiy nazoratda. 24 soat barcha parametrlar bo‘yicha har soatda nazorat qilib boriladi. Bu parametrlar MDH parametrlari bilan bir xil. Quvurlardan kelayotgan “vodoprovod” suvi sifatiga mas’ul tashkilot sifatida aytamizki, hammasi ichishga, iste’molga yaroqli hisoblanadi”, – dedi kompaniya matbuot xizmati rahbari Akmal Murodov.
“O‘zsuvta’minot” raisining boshqa bir o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayevga ko‘ra, suv sifati nazorati shaffof yo‘lga qo‘yilgan: iste’molchilar Waterlab onlayn xaritasidan foydalanib, o‘z hududiga qayerdan suv yetkazib berilayotgani, uning sifati, tarkibi qanaqaligi, qachon oxirgi marta namuna olingani kabi ma’lumotlar bilan tanishib turishi mumkin.
“Hozir respublika bo‘yicha 81 ta laboratoriyamiz ishlab turibdi. Hammasi standart bo‘yicha namunalarni olishadi. Agar suvning sifati yomonlashadigan bo‘lsa, suv berish to‘xtatiladi”, – dedi Rahmatullayev.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

22:31 / 19.06.2025
“Yuksalish” “O‘zsuvta’minot”ga qarshi – ikki tashkilot nega bahslashdi?

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

19:20 / 25.04.2025