Jahon | 19:45 / 28.04.2025
4039
1 daqiqa o‘qiladi

Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi

Endi Tailandga boradigan chet elliklar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham mamlakatga kirish kartasini ushbu davlatga yetib borish sanasidan 3 kun oldin olishlari shart.

Foto: Getty images

Tailand qirolligi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga kirishning yangi tartibi joriy etilganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan boshlab Tailand qirolligiga kiruvchi barcha chet el fuqarolari Tailandga kirish kartasini (Thailand Digital Arrival Card, TDAC) mamlakatga yetib kelish sanasidan 3 kun oldin maxsus platforma orqali olishlari shart.

«Shu munosabat bilan Tailandga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarida qirollikning mazkur qarorini hisobga olishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 15 iyul kunidan Tailand hukumati 93 davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qilgandi.

Mavzuga oid