Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi
Sun’iy intellektga ega robot real vaqt rejimida dronlardan ma’lumotlarni qabul qilib, ko‘chalarda sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil qilishga qodir.

Foto: Royal Thai Police
Tailandda sun’iy intellektga ega birinchi robot-politsiyachi paydo bo‘ldi. U Nakxonpatxom provinsiyasida Songkran bayramida sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Interesting Engineering.
AI Police Cyborg 1.0 politsiyachi roboti atrofni to‘liq kuzatishga qodir kamera bilan jihozlangan va butun provinsiya bo‘ylab ishlaydigan videokuzatuv tizimiga ulangan. U real vaqt rejimida dronlardan ma’lumotlarni qabul qilib, ko‘chalarda sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil qiladi va to‘plangan axborotni boshqaruv markaziga yuboradi.
Robot-politsiyachining asosiy vazifalaridan biri — yuzni tanish imkoniyati. U inson qidiruvda ekani yoki xavf uyg‘otadigan guruhga kirishini aniqlashga qodir. Shuningdek, robot odamning tashqi ko‘rinishi — bo‘yi, jinsi, tana tuzilishi, kiyim-kechagi va hatto xatti-harakatini tahlil qiladi.
Agar olomon ichida janjal boshlansa yoki kimdir kuch ishlatishga urinsa, robot buni qayd etadi. U pichoq yoki tayoq kabi potensial xavfi buyumlarni farqlay oladi, shu bilan birga, bayram kunlari foydalaniladigan suv sepuvchi to‘pponchalarga e’tibor qaratmaydi.
Politsiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu xavfsizlikning yangi darajasi uchun qadamdir. Masalan, odamlardan farqli o‘laroq, robot charchoq bilmay ko‘chalarni nazorat qilishi mumkin, unga o‘rnatilgan sun’iy intellekt esa bir zumda tahdidga qarshi chora ko‘rishga yordam beradi.
Bu kabi tizimdan allaqachon Xitoyda foydalaniladi. Ushbu mamlakatda odamsimon robotlar o‘tgan-ketganlar bilan salomlashadi, buyruqlarga javob qaytaradi va patrullarga yordam beradi. Ulardan biri — PM01 modeli dekabr oyida xizmat boshlagan. Mart oyida esa Xitoyda Logon Technology kompaniyasining RT-G roboti sinovdan o‘tkazilgan edi — u soatiga 35 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi
Jahon | 09:05
-
Isroil HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi
Jahon | 08:45
-
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 08:09
-
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston | 07:46
Mavzuga oid

19:34 / 06.07.2025
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi

18:14 / 01.07.2025
Tailand Konstitutsiyaviy sudi mamlakat bosh vazirini vaqtincha lavozimdan chetlatdi

23:58 / 30.06.2025
Toshkent xalqaro aeroportida 3 nafar qizni fohishalik uchun Tailandga yuborishga uringan ayol ushlandi

23:57 / 02.05.2025