Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Sodiq Azimov ko‘chasidagi “Testo” restoranlar tarmog‘i hamta’sischisi Zamira Rahmonovaning murojaati chop etildi. Tadbirkor murojaatida korxonasi elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgani, bu esa unga katta iqtisodiy zarar keltirganini ma’lum qilgan. Shuningdek, tadbirkor mas’ullarni tizimli yondashuv, ochiq muloqot va o‘zaro hurmatga chaqirgan.
Murojaatdan so‘ng O‘zLiDeP vakillari tadbirkor bilan uchrashdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatimiz Abdumannob Bo‘riyev joyiga chiqib muammoni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida tadbirkor turizm ko‘chasini qurish doirasidagi qurilish va ta’mirlash ishlarini tadbirkorlar bilan maslahatlashish kerakligini ta’kidladi.
– Hokimiyat tomonidan tavsiya etilgan fasad bizga mos kelmaydi, – deydi tadbirkor. – Biz restoranimizni o‘zimizga mos keladigan dizaynda ishlab chiqishni xohladik. Natijada korxonamiz elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi. Orqamizda hech kimimiz yo‘qligi uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilishga majbur bo‘ldik.
O‘zLiDeP deputati tadbirkorning orqasida prezidentimiz turganini, qolaversa, O‘zLiDeP ham har doim yordamga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, deputatimiz “sallasi desa kallasini olib keladigan” ijrochilar hali ham borligini ta’kidladi.
Shundan keyin A.Buriyev elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgan vaqtda restoran qancha zarar ko‘rgani bilan qiziqdi.
– Elektr uzilishidan nafaqat biz, balki yonimizdagi korxonalar ham ziyon ko‘rdi, – deydi Z.Rahmonova. – Ammo zarar miqdorini dalolatnoma qilmadik. O‘zimiz uchun yana bir katta muammoni yaratgimiz kelmadi. Chunki bu restoranda 70 odam ishlaydi. Agar brendimiz yopilib ketsa, 70 odamning hayoti ham izdan chiqishi mumkin. Shu bois yuristlar tomonidan bildirilgan takliflarni rad etdik. Chunki biz elektr ta’minotiga o‘xshagan idoralar uchun kichkina odamlarmiz.
Deputatimiz agar tadbirkorlar dardini aytishdan qo‘rqib yuraversa, muammolar hal etilmasligini, muammoni hal qilish uchun esa qo‘rqmasdan harakat qilish kerakligini aytib o‘tdi.
Muloqot so‘ngida deputat A.Buriyev xavotirga aslo o‘rin yo‘qligi, bunday kimsalar albatta, qonun oldida javob berishi va ushbu holatni o‘z nazoratiga olishini aytib o‘tdi. Deputat “agar elektr ta’minoti korxonasini sudga bersangiz, yoningizga turib sizni himoya qilaman”, deb va’da berdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

23:20 / 16.06.2025
Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi

12:38 / 10.06.2025
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

12:59 / 05.05.2025
Parlamentda “Taraqqiyot bloki” tuzildi

18:13 / 22.04.2025