Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Tadbirkorning aytishicha, kelajakda u davlat ishlariga faqat «bir-ikki kunni» sarflaydi.

Foto: Brendan Smialowski/AFP via Getty Images
Amerikalik milliarder Ilon Mask may oyidan boshlab Tesla kompaniyasiga e’tiborini kuchaytiradi, chunki 2025 yil birinchi choragida sotuvlar 20 foizga, foyda esa 71 foizga kamaygan. Bu haqda Politico xabar berdi.
22 aprel kuni investorlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Mask kelajakda Hukumat samaradorligi departamentidagi (DOGE) faoliyatiga faqat «bir-ikki kun» sarflashini aytgan. U o‘zining davlat faoliyati biznesga ta’sir qilgan yoki yo‘qligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lamadi, biroq tan oldi: «Hukumatda ishlagan vaqtim ma’lum bir ta’sir ko‘rsatdi».
Tesla umumiy daromadi 19,3 milliard dollarga (-9%), operatsion daromadi 0,4 milliard dollarga (-66 foiz) kamaydi. Asosiy sabablar: ta’minotning qisqarishi va avtomobillar narxining pasayishi.
Mask, Tesla ta’minot zanjirlari tufayli «tariflardan eng kam ta’sirlanganini» ta’kidladi. U, shuningdek, tariflarni pasaytirishga chaqirdi va ta’kidladi: «Buni prezident hal qilishi kerak».
DOGE ishini himoya qilib, Mask dastur «isrofgarchilik va firibgarlikka qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishganini» aytdi va Tramp bilan hamkorlik muhimligini ta’kidladi: «Agar Amerika qulasa, hammamiz o‘lamiz - Tesla ham».
Avvalroq Reuters agentligi Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) sun’iy intellekt yordamida federal hukumat xodimlarini kuzatib borishini yozgan edi. Manbalarga ko‘ra, Mask departamenti AQSh prezidenti Donald Trampga sodiq bo‘lmagan xodimlarni qidirmoqda.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp Maskning DOGE kompaniyasidagi faoliyati yakuniga yetayotganini aytdi. Shu bilan birga, u milliarder tez orada o‘z kompaniyalarini boshqarishga qaytishi kerakligini tan oldi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025