Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
2025 yil 17 aprel kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, rezidentlar o‘rtasidagi valuta operatsiyalariga mijozning (kreditorning) kontragenti norezident bo‘lgan taqdirda, kredit tashkilotlari tomonidan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash operatsiyalari amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Ilgani bunday norma mavjud emas edi.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunga Markaziy bank, kredit tashkiloti bo‘lmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan elektron faktoring platformalarining axborot tizimlari xavfsizligiga, kiberxavfsizligiga va ularni IT-auditdan o‘tkazishga doir talablarni belgilash hamda mazkur talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish kabi vakolatlarni belgilovchi qo‘shimcha kiritildi.
Shuningdek, Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati o‘z faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga va Auditorlik qo‘mitasiga hisobdorligi belgilandi.
Ilgari faqat Auditorlik qo‘mitasiga hisobdor bo‘lgan.
Markaziy bank quyidagilar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishi nazarda tutilmoqda:
▪️kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;
▪️faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga.
Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talabi belgilandi:
🔹faktoring tashkilotining filialini ochish yoki yopish;
🔹jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 10 foizdan 20 foizgacha tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olish.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi
Jahon | 17:56
-
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi
Fan-texnika | 17:15
-
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
-
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

18:41 / 29.05.2025
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

23:37 / 01.05.2025