Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi
Beeline Uzbekistan Tashkent International University of Education (TIUE) bilan hamkorlikda informatika o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘yicha yirik bepul o‘quv loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu Beeline Academy doirasidagi STeM-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tashabbusning yangi bosqichidir. Loyiha doirasida butun mamlakat bo‘ylab 1000 nafar o‘qituvchi zamonaviy bilimlarni egallaydi.

Foto: Beeline Uzbekistan
Dastur Tashkent International University of Education (TIUE) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. O‘qish boshlanishidan oldin tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilar so‘rovnomadan o‘tadilar. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ular tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim tili (rus yoki o‘zbek) bo‘yicha 4 ta guruhga ajratiladi.
Ishtirokchilar uchun metodistlar, texnik koordinatorlar, moderatorlar va raqamli texnologiyalar sohasidagi malakali mutaxassislar ishtirokida jonli interaktiv onlayn mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Attestatsiya yakuniga ko‘ra, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatni qo‘lga kiritadilar.
Loyihaning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini O‘zbekiston ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashdir.
“Bugungi kunda sun’iy intellekt — raqamli transformatsiyaning ajralmas qismiga aylangan. Uning vositalarini egallash esa kelajakdagi raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi. AI1440 kompaniyamiz strategiyasi ham, butun O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivojlanishi ham, yangi IT-yechimlarni yaratishga qodir bo‘lgan yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan. IT-mutaxassislarining yangi avlodini shakllantirish esa bizning eng muhim ustuvor vazifamizdir. Shu sababli biz avvalo ularni o‘qitadiganlardan - o‘qituvchilardan boshlaymiz”, — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.
“TIUE ushbu keng qamrovli loyihaning bir qismi bo‘lishdan mamnun. Beeline Uzbekistan bilan birgalikda biz sun’iy intellekt sohasida amaliy ko‘nikmalarni egallash uchun qulay onlayn-muhit yaratmoqdamiz. Bu raqamli ta’lim va O‘zbekistonning IT-mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida muhim qadamdir,” — deya ta’kidladi TIUE rektori Nosir Xodjayev.
Dasturda davlat va xususiy maktablar, litseylar, kollejlar hamda oliy ta’lim muassasalarining informatika o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok uchun ish joyidan ma’lumotnoma talab etiladi.
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish maxsus forma orqali amalga oshiriladi.
Beeline Academy 2023 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Beeline Uzbekistan dastlab bu loyihaga $150 ming sarmoya kiritgan. 2023–2024 yillarda 50 nafar tinglovchi — yangi boshlovchilar va tajribali mutaxassislar — kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomladilar.
2024 yilning dekabr va aprel oylarida 210 dan ortiq informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE hamkorligidagi dastur doirasida neyrotarmoqlar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kibergigiyena, Python, 3D-grafika va Frontend ishlab chiqish bo‘yicha malaka oshirdilar.
Beeline Uzbekistan shuningdek, iste’dodlarni rivojlantirish va kuchli korporativ madaniyat uchun EMBRAS xalqaro mukofoti hamda Top Employer sertifikatlari bilan taqdirlangan.
Beeline Uzbekistan haqida
“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda “Top Employer” maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
beeline.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter |LinkedIn
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy O‘zbekiston hududida data markazlar qurishi mumkin
O‘zbekiston | 14:26
-
Germaniya Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etadi
O‘zbekiston | 14:25
-
Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma’lum qildi
Jahon | 14:23
-
HAMAS bilan muzokaralardan chiqqan AQSh, Osiyoda yangi to‘qnashuv va Falastinni tan olmoqchi bo‘lgan Fransiya – kun dayjesti
Jahon | 13:59
Mavzuga oid

17:00 / 17.07.2025
Besh barobar o‘sish va ma’lumotlar uzatishda rekord: Beeline Uzbekistan tahlilchilari 2025 yilgi mobil internet haqida ma’lumot berishdi

18:45 / 20.02.2025
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi

14:00 / 29.01.2025
Yarim milliondan ziyod yangi foydalanuvchi: o‘zbekistonliklar Hambi superapp’ni tanlamoqda

16:35 / 26.12.2024