Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Xalqaro terminalda yuk saqlash narxi - bagaj hajmiga qarab 1 soat uchun 40 ming so‘mgacha. Mahalliy aviaqatnovlar terminalida esa yuklarni saqlash narxi soatiga 10 ming so‘mni tashkil etadi.

Foto: Uzbekistan Airports
Toshkent aeroportining xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarida yo‘lovchilar o‘z yuklarini tashlab, shaharda vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lgan avtomatik javonlar o‘rnatildi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
Xalqaro terminalda yuklarni saqlash javoni:
- jo‘nash terminalining birinchi qavatida joylashgan (4chi kirish/chiqish eshigi yonida);
- 24/7 ishlaydi;
- yuklarni saqlash narxi — bagaj hajmiga qarab 1 soat uchun 15 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha;
- ruxsat etilgan o‘lchamlar — standart — 60x50x80 sm, o‘rta — 90x50x80 sm va katta — 180x50x80 sm.
Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni:
- terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari o‘rtasida joylashgan;
- 24/7 ishlaydi;
- yuklarni saqlash narxi soatiga 10 000 so‘m (barcha turdagi bagaj uchun yagona tarif);
- ruxsat etilgan o‘lchamlar — kichik — 43x50x34 sm, standart — 60x50x80 sm.
Avtomatik yuklarni saqlash javoni uchun to‘lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: saqlash joyi tanlanadi va naqd pul yoki bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Ta’kidlanishicha, ushbu yuklarni saqlash joylari E-austion.uz platformasidagi auksion yakunlari bo‘yicha o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi
O‘zbekiston | 17:00
-
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi
Jamiyat | 16:57
-
Oylikni keyingi oylikkacha yetkazish: samarali taqsimot
Jamiyat | 16:54
-
Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

11:00 / 18.01.2025
O‘zbekiston Eronning Chobahor porti hududidan terminallar sotib olishi mumkin

09:45 / 27.11.2024
To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

18:40 / 08.10.2024