Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi
Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan 29 yoshli yigit bu ishi uchun jarimaga tortildi. U Telegram’da soxta profil ochish uchun poytaxtdagi ayollar klinikasida ishlovchi ginekolog shifokorning surati va ismidan foydalangan.

Foto: Shutterstock
Toshkentda soxta profil orqali o‘zini ginekolog shifokor sifatida tanitib kelgan yigit ma’muriy jazoga tortildi.
Kun.uz tanishgan sud qarorida keltirilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan B.Sh. 2025 yil iyun oyi oxirlarida Telegram’da ginekolog shifokor D.Saydumarova nomidan soxta profil ochgan. U bunda shifokorning surati va ismidan foydalangan hamda odamlarga o‘zini D.Saydumarova sifatida tanishtirgan. So‘ngra shu soxta profil orqali bemorlarga noto‘g‘ri maslahatlar berib kelgan.
B.S. sudda aybiga iqrorlik bildirgan. U haqiqatan ham D.Saydumarovaning qadr-qimmatining kamsitilishiga olib keladigan yolg‘on axborot tarqatganini, ayollarga ayol ginekolog sifatida maslahatlar berganini tan olgan. B.S. qilgan qilmishidan pushaymonlik bildirib, suddan yengillik so‘ragan.
Jabrlanuvchi D.Saydumarova esa uning nomidan soxta profil ochgan B.Sh. bemorlarga ginekologiya sohasiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatganini, bu uchun pul olganini ma’lum qilgan. B.Sh.ning harakati qadr-qimmatining kamsitilishiga va obro‘sizlantirilishiga olib kelganini aytgan shifokor yigitga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud qarori bilan B.S. MJtKning 202-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga BHMning 50 baravari, ya’ni 18 mln 750 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
Turizm | 09:47
-
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi
Jahon | 09:45
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
Mavzuga oid

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

14:31 / 04.07.2025