Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, hammomda qo‘lga olingan shaxslar «huquq-tartibot organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan». Shu bois qonunchilikka mos harakat qilingan.

Foto: Videodan kadr
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xavfsizlik kuchlarining Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirg‘iziston fuqarolariga qarshi o‘tkazilgan reydi «jamoat joylarini rejali tekshirish» bo‘lganini ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hammomda qo‘lga olingan 25 kishi mamlakat qonunchiligini buzgan holda Rossiya hududida bo‘lib kelgan, ayrimlari esa «radikal guruhlarga aloqadorlikda gumonlanmoqda».
TIVning qayd etishicha, reyd davomida «chet el fuqarolari huquq-tartibot organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan», shu bois «tegishli choralar ko‘rilgan». Vazirlikka ko‘ra, kuch tuzilmalari xodimlari «Rossiya qonunchiligiga muvofiq mavjud vakolatlari doirasida» harakat qilgan.
O‘z navbatida Qirg‘iziston ombudsmani Jamila Jamanbayeva Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova bilan uchrashuvda reyd videosini ko‘rish chog‘ida «huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan kuch qo‘llashning mutanosibligi va asoslangani borasida savollar tug‘ilgani»ni bildirgan.
Moskvadagi «Bodrost» hammomida Qirg‘iziston fuqarolari 11 aprel kuni qo‘lga olingan edi. E’lon qilingan videolardan birida odamlar xona bo‘ylab emaklab yurishga majburlangan, qolganlar esa yuzi yerga qarab yotqizilgan. Guvohlardan birining aytishicha, hammomda odamlar kaltaklangan.
Rossiyaning Bishkekdagi elchisi Sergey Vanukov fuqarolarning ommaviy ravishda qo‘lga olinishi sabab Qirg‘iziston TIVga chaqirtirilgan. Rossiya elchisiga hammomda o‘tkazilgan amaliyotning huquqiy asoslari haqida ma’lumot berish, shuningdek, qo‘lga olingan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish sabablarini tushuntirish so‘ralgan rasmiy nota topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 10:17
-
Mers 30 kunlik otashkesim haqida: To‘p - Moskva tomonida
Jahon | 09:31
-
Sharjada bo‘lib o‘tadigan xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi
O‘zbekiston | 09:07
-
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi
Jahon | 08:58
Mavzuga oid

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:57 / 04.05.2025