O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
14645
3 daqiqa o‘qiladi

May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi

May oyining o‘rtalarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida noodatiy ob-havo yuzaga kelishi – harorat 40°gacha ko‘tarilishi kutilyapti. Hindistondagi musson namgarchiligi esa Farg‘ona vodiysida salqin kunlar ko‘proq bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mamlakatning ba’zi hududlari do‘l yog‘ishiga tayyor turishi zarur. Kun.uz’ning “Ob-havo va qishloq xo‘jaligi” turkum ko‘rsatuvlarining navbatdagi sonida iqlimshunos Erkin Abdulahatov kutilayotgan iqlimiy o‘zgarishlarni tahlil qiladi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Kelayotgan haftalikda me’yordan 3-6 daraja yuqori harorat kutilmoqda, iyun oyi kabi bo‘ladi harorat. Bu, albatta, qishloq xo‘jaligi uchun yaxshi, gullash davri issiq kelsa hamma turdagi mahsulotlarimiz erta pishadi. Lekin suvga bo‘lgan talab katta bo‘ladi, suv xo‘jaligi tuzilmalarga yuklama xuddi iyun oylari kabi tushadi, iyunga tayyorgarlikni hozirdan boshlashlari kerak.

Namgarchilik iyun oylariga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Tog‘li hududlarimizda issiq fon ortidan do‘l yog‘ish holatlari, talafotli sel-suv toshqini kutiladi. Ya’ni keng joyga yog‘ishi kerak bo‘lgan yomg‘irlar juda kichkina joyga “quvvatini” tashlashi ortidan sel-suv toshqini xavfi yuzaga keladi.

Yoz uchun yog‘ingarchilik prognozlari yaxshi emas, ayniqsa tog‘larimiz uchun, ya’ni me’yordan ancha past. Faqat Xorazm viloyati hududlari uchun prognozlar ijobiy.

Hindistonda mussonlar oqimi boshlanyapti. Buning bizga foydali tomoni ko‘p. Chunki nam havo oqimlari vodiyga kirib keladi.

May oyida respublikaning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyati va Navoiy viloyati markazi, Toshkent viloyati va Jizzax viloyatining shimoli, Qozog‘iston janubiy hududlarida iyun oyi kabi o‘tishi prognoz qilinyapti. Respublikaning katta qismida may oyi o‘rtacha me’yoriy qiymatlardan ikki-to‘rt daraja yuqori.

Respublikaning asosiy qishloq xo‘jaligi maydonlarida yog‘ingarchilik me’yorga nisbatan juda ham kam, 50-70 foiz.

Jahon meteorologik tashkilotining may, iyun, iyul oylari uchun harorat va yog‘ingarchilik bo‘yicha bergan prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida yog‘ingarchilik kam bo‘ladi, harorat me’yordan ikki-uch daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid