Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi
Kursk viloyatida Rossiya qurolli kuchlari 448-raketa brigadasining doimiy joylashtirish punkti zarbaga uchradi, deb xabar berdi Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi. Unga ko‘ra, aynan shu brigada 13 aprel kuni Sumiga raketa hujumini uyushtirgan.

Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
Ukraina qurolli kuchlari 13 aprel kuni Ukraina qo‘mondonligiga ko‘ra, Sumi shahrini o‘qqa tutishda ishtirok etgan Rossiya qurolli kuchlarining 448-raketa brigadasining Kursk viloyatidagi doimiy joylashtirish punktiga hujum qildi. Bu haqda 15 aprel, seshanba kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi.
Bosh shtab bayonotiga ko‘ra, Sumiga zarba bilan bog‘liq Kursk viloyatidagi «bir qator obektlar» hujumga uchragan. 448-brigadaga zarba berilganda, «o‘q-dorilarning ikkilamchi portlashi» sodir bo‘ldi. «Zarba natijalariga aniqlik kiritilmoqda», — deb yozadi Bosh shtab. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotga izoh bermadi.
Avvalroq Rossiya harbiy departamenti kecha tunda Kursk viloyati osmonida 109 ta dron urib tushirilgani haqida xabar bergan edi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, UUA hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan. Bundan tashqari, 24 ta ko‘p qavatli uy va o‘nlab avtomobillarga zarar yetgan.
13 aprel kuni ertalab Rossiya harbiy kuchlari Sumi shahri markaziga ikkita «Iskander-M» ballistik raketasi bilan zarba berdi. Natijada 35 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. 129 kishi jabrlangan, ulardan 17 nafari bolalar. Rossiya Mudofaa vazirligi Sumi markaziga berilgan zarbani tasdiqlab, nishon go‘yoki «Seversk» operativ-taktik guruhi qo‘mondonlik shtabining yig‘ilishi bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

23:09 / 17.04.2025
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?

19:16 / 17.04.2025
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi

14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi

10:19 / 17.04.2025