Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
Ukraina Rossiyaga qarshi urushda o‘z qurollarining 40 foizdan ortig‘idan foydalanyapti, dedi Volodimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda hozirdanoq mingdan ortiq turdagi qurollar ishlab chiqarilmoqda.

Foto: Volodymyr Tarasov/Avalon/picture alliance
Ukraina Rossiyaga qarshi mudofaa urushida o‘z qurollarining 40 foizidan ko‘prog‘ini ishlatyapti. Bu haqda Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy 16 aprel, chorshanba kuni ma’lum qildi. «Mudofaa sanoatimiz allaqachon mingdan ortiq turdagi qurollarni ishlab chiqarmoqda: artilleriya snaryadlaridan tortib raketalar, uzoq masofaga uchuvchi qurollar va dronlargacha», — dedi Zelenskiy Kiyevda mudofaa sanoati vakillariga.
Ukraina prezidenti Ukraina mudofaa sanoati sohasida xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar soni ortib borayotganini ta’kidladi. «Va tendensiya o‘zgarmadi: Ukraina o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun — mustaqil ravishda va sheriklar bilan birgalikda ko‘proq harakat qiladi», dedi Zelenskiy.
Ukraina harbiy-sanoat majmuasining yutuqlari qatoriga turli turdagi hujumkor uchuvchisiz uchish qurilmalarni jadal modernizatsiya qilish va artilleriya tizimlarini ishlab chiqarish kiradi, deya qayd etadi dpa agentligi.
O‘tgan yilning iyul oyida Zelenskiy mamlakatning uzoq masofali raketalarni yaratish va ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari haqida ma’lum qilgandi. «Bizning raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega va bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, biz faqat sheriklar yetkazib berayotgan raketalarga tayanib qolmasdan, asta-sekin raketalarimizdan foydalanish imkoniyatiga yaqinlashyapmiz», — dedi Ukraina rahbari.
Mavzuga oid

15:15
Ukraina jangovar tajribasi bo‘lmagan HShM xodimlarini frontga yuboradi

14:41
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti

01:02
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

17:19 / 29.04.2025