Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish nazoratchilariga bodikamera va planshet beriladi
Endilikda har bir qurilish obektida QR-kodli pasport bo‘lishi talab etiladi. 1 iyuldan e’tiboran, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda bodikameralar va maxsus planshetlardan foydalaniladi. Tajriba-sinov tariqasida Qashqadaryoda davlat budjetidan quriladigan obektlarga videokameralar o‘rnatiladi.

Ochiq manbalardan olingan surat
“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan har bir qurilayotgan obektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik sub’yektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylardagi joylarni, yerto‘lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o‘zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta’sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
2025 yil 1 iyuldan:
- barcha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi;
- bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;
- tajriba-sinov tariqasida 2025 yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangidan quriladigan obektlarga videokameralar o‘rnatiladi;
- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:36
-
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi
O‘zbekiston | 12:34
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

21:26 / 07.07.2025
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

18:13 / 26.06.2025
Rossiyada migrantlarning qurilishdagi ulushi ma’lum qilindi

11:33 / 23.06.2025