Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda
Texnik tartibga solish agentligidan chiqqan bu taklifni yuzdan ortiq deputat qo‘llab-quvvatlashi natijasida, tegishli qonun birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
O‘zbekistonda qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ishlab chiqqan qonun loyihasini 1 iyul kuni Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda qabul qildi.
Parlamentda so‘zga chiqqan agentlik direktori Akmal Jumanazarovning aytishicha, O‘zbekistonda shisha chiqindilari hosil bo‘lishining yillik prognozi 408 ming tonnani tashkil etadi. 2024 yilda shundan atigi 9 foizi, ya’ni 37 ming tonnasi qayta ishlangan.
Jumanazarovga ko‘ra, qayta ishlanmayotgan shisha chiqindilari atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Qonun loyihasi bilan qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish, qayta ishlashga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda”, – dedi Texnik tartibga solish agentligi rahbari.
Qonun loyihasini tayyorlashda Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qirg‘iziston tajribasi o‘rganilgan. Loyiha beshta vazirlik-idoralar bilan kelishilgan, Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
105 nafar deputatning yoqlab ovoz berishi bilan, qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. 4 deputat qarshi chiqdi, 5 nafari betaraf qoldi, quyi palataning 14 a’zosi ovoz bermadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

22:01 / 18.07.2025
“Bu iqtisodiy siyosatga zid” – mutaxassis markirovkalash qoidasini buzganlik uchun jarimani aylanmaga bog‘lamaslikni taklif qildi

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

16:14 / 17.07.2025