Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Sulomas Sdn Bhd kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sun Xong Lim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot avvalida xorij tomoni Sulomas Sdn Bhd kompaniyasining atrof-muhitga mas’uliyat va innovatsiyalarga katta e’tibor qaratgan holda maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish sohasidagi faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.
Kompaniya vakillari chiqindilarni vaqtincha saqlash uchun turli hajmdagi metall va polimer konteynerlarni ishlab chiqarish hamda piroliz texnologiyasi asosida polimer chiqindilarni qayta ishlash orqali ularni sifatli yoqilg‘i moyiga aylantirish loyihasini O‘zbekiston sharoitida amalga oshirish imkoniyatlarini atroflicha o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.
Shuningdek, kompaniya respublikaning aholisi nisbatan zich bo‘lgan hududlarida maishiy chiqindilarni samarali yig‘ishni yo‘lga qo‘yish (funksional chiqindixonalar barpo etish, harakatlanuvchi konteynerlar bilan jihozlash, maxsus texnikalar yordamida olib ketish) tizimini joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish uchun kompaniya mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning yaqin oylarda mamlakatimizga safarini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Sulomas Sdn Bhd kompaniyasi 2014 yilda tashkil etilgan. U Malayziyada metall va plastik chiqindi konteynerlarini ishlab chiqarish, chiqindilarni boshqarish, plastmassa chiqindilarni yuqori sifatli yoqilg‘i moyiga aylantiruvchi piroliz korxonalariga egalik qiladi. Shuningdek, kompaniya Singapur, Hindiston, Avstraliya, BAA, Qatar va Saudiya Arabistonida chiqindilarni boshqarish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda
Jahon | 08:07
-
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi
Jahon | 08:03
-
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi
Jahon | 07:56
-
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 07:44
Mavzuga oid

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

11:13 / 24.06.2025
Prezident Malayziya bilan iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etdi

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

16:00 / 19.06.2025