Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
"Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatilishini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 1 martdan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi:
past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo‘nalishi sxemalarini kelishish;
avtotransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkama)ga tranzit ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisini berish va hisobdan chiqarish;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish.
Quyidagilar:
Past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo‘nalishi sxemalarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Avtotransport vositalari va tirkama (yarim tirkama)larga tranzit ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisini berish va hisobdan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 20 fevralga qadar davlat xizmatlari bo‘yicha elektron murojaat etish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘radi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03
-
Arxeologlar «misli ko‘rilmagan» xazinani olib ketish vaqtida hujumga uchragan kema qoldiqlarini topdi
Jahon | 22:59
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

19:00 / 26.06.2025
Sifatli chiziq – xavfsiz hayot. O‘zbekiston yo‘llarida “yo‘qolib ketadigan” chiziqlar haqida

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

22:06 / 13.05.2025