Rossiyada hibsga olingan general Popov Ukrainadagi urushga yuborilmaydi
Moskva okrug harbiy sudi Ivan Popov bo‘yicha ehtiyot chorasini yumshatishdan bosh tortgan holda, uning shikoyatini rad etdi. Avvalroq Popovning advokati u Ukrainadagi urushga borishini da’vo qilgandi.

Foto: AP/picture alliance
2-g‘arbiy okrug harbiy sudi 58-armiya sobiq qo‘mondoni, Rossiya qurolli kuchlari general-mayori Ivan Popovning ehtiyot chorasini yumshatish bo‘yicha himoya arizasini rad etdi, deb xabar berdi 11 aprel, juma kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari. Shunday qilib, Popov Tambov viloyatidagi tergov hibsxonasida (SIZO) qoladi. Sud majlisidan bir necha kun oldin uning himoyasi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan generalni Ukrainadagi urushga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
28 fevral kuni Tambov garnizon harbiy sudi Ivan Popovni uy qamog‘idan tergov hibsxonasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi, chunki general o‘ziga qo‘llangan ehtiyot chorasi shartlarini buzgan.
Mart oyi oxirida ommaviy axborot vositalarida Popov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ochiq xat yozgani, unda uni jinoiy javobgarlikka tortishni asossiz deb atagani, «Vatanni himoya qilishga va dushmanni mag‘lub etishga» tayyorligini bildirgani va Putindan uni Ukrainadagi urushga qaytarishni so‘ragani haqida xabar berilgan edi.
General-mayor Ivan Popovning yirik firibgarlikda gumonlanib hibsga olingani 2024 yilning may oyida ma’lum bo‘ldi. Tergovchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda u Zaporijjya yo‘nalishida istehkomlar qurish uchun mo‘ljallangan, qiymati 105 million rubldan ortiq bo‘lgan 1700 tonnadan ortiq metall prokatni sotib yuborgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?
Jahon | 16:09
-
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi
Jahon | 16:03
-
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda
O‘zbekiston | 15:56
-
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 15:27
Mavzuga oid

09:50
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi

08:59
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

22:21 / 14.04.2025
Ukrainlarga asir tushgan xitoyliklar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

21:13 / 14.04.2025