Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi
Hodisa Ronald Reygan nomidagi aeroportda yuz bergan. Har ikki havo kemasi ham texnik ko‘rikka yuborilgan.

Foto: REUTERS
10 aprel kuni Vashingtonda joylashgan Ronald Reygan nomidagi aeroportda American Airlines’ning ikki samolyoti bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemalaridan birining bortida AQSh Kongressining kamida uch nafar a’zosi bo‘lgan. The Washington Post esa har ikki reysda ham kamida besh nafar kongressmen bo‘lganini yozdi. Xususan, Nyu Yorkdan saylangan demokratlar Gregori Miks va Greys Men, vakillar palatasi a’zolari Jos Gottaymer va respublikachi Nik LaLota.
Hodisa samolyotlarning harakatlanish yo‘lagida sodir bo‘lgan: Bombardier CRJ 900 qanoti bilan Embraer E175ʼga urilgan. Ikkala havo kemasi ham texnik ko‘rikka yuborilgan. Aeroport faoliyatida uzilishlar ro‘y bermagan.
Qayd etilishicha, bu so‘nggi kunlarda AQSh samolyotlari bilan yuz bergan ikkinchi holatdir. 7 aprel kuni Oregonda xususiy samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, suvga qulagan. Hodisa oqibatida besh kishi jarohat olgan.
Shuningdek, 10 aprel kuni Nyu York yaqinidagi Jyersi-Siti shahrida vertolyot Gudzon daryosiga qulashi oqibatida olti kishi — Siemens konsernining Ispaniyadagi filiali rahbari Agustin Eskobar, uning rafiqasi va uch nafar farzandi hamda uchuvchi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

01:12
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi

00:45
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar

23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

21:58 / 21.05.2025