AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
Harakat maqomi yumshatilishi mumkin, bu Afg‘onistondagi amerikaliklarning ozod etilishi bilan bog‘liq.

Foto: AFP
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, ayni paytda Afg‘onistonda hukmronlik qilayotgan «Tolibon» harakatining terrorchi tashkilot maqomi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistondagi amerikaliklarning ozod etilishi bilan bog‘liq.
«O‘ylaymanki, bu holat endi qayta ko‘rib chiqilmoqda, chunki bilganingizdek, so‘nggi bir necha hafta ichida biz hibsga olingan amerikaliklarning bir qismini ozod qilishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdik», dedi Marko Rubio Vakillar palatasida bo‘lib o‘tgan tinglovda.
«Bizda ularning maqomi bo‘yicha bir qancha qarorlar bor, ular oxir-oqibatda Afg‘onistonga nisbatan kelajakdagi siyosatimiz qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi yaxlit yondashuvga asoslanadi. Biz ular kimligini va o‘tmishda nima qilganini aniq tushunamiz. Biz ular bilan «Al-Qoida» va boshqa elementlarga qarshi kurashda ko‘proq hamkorlik qilishni istaymiz. Menimcha, bu prezidentda mavjud bo‘lgan hamkorlikni kengaytirish vositalarining bir qismidir», deb qo‘shimcha qildi u.
Rubio «Tolibon» «xorijiy terrorchi tashkilotlar» (FTO, tashkilot AQSh xavfsizligiga tahdid soladi) ro‘yxatiga kiritiladimi, degan savolga shunday javob berdi.
«Tolibon» hozir Qo‘shma Shtatlarda «Maxsus ahamiyatli global terrorchi» (SDGT, global darajadagi terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq tashkilot) maqomiga ega. FTO ro‘yxatiga kiritilishi kengroq sanksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Mart oyida AQSh rasmiylari Afg‘oniston bilan muzokaralar natijasida AQSh fuqarosi Jorj Glezmann ozod etilganini e’lon qilgan edi. Amerikalik mamlakat razvedka xizmatlari tomonidan 2022 yil dekabrida hibsga olingandi. Yanvar oyida Afg‘oniston mahbuslar almashinuvi doirasida yana ikki AQSh fuqarosini ozod qildi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

16:45 / 03.06.2025